Rossiya chegarani kesib o‘tishga joriy etilgan kovid cheklovlarni bekor qiladi

Jahon 18:25 / 04.07.2022 8937

Rossiyada 15 iyuldan mamlakat chegarasini kesib o‘tishga qo‘yilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi, deb ma’lum qildi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

2020 yil martda koronavirus pandemiyasi fonida Rossiyaning quruqlikdagi chegarasini kesib o‘tishga cheklovlar joriy etilgandi. Mamlakatga samolyot yoki dengiz orqali keluvchi xorijliklar uchun cheklovlar 14 iyun kuni bekor qilingandi. 

Ma’lum qilinishicha, 15 iyuldan Belarus fuqarolari uchun Rossiyaga uchib kelganda PZR-test natijasini taqdim etish talabi ham bekor bo‘ladi. 

Boshqa mamlakatlar fuqarolaridan PZR-test natijasini talab qilish tartibi saqlanib qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: