Biznes-ombudsman tomonidan davlat organlarining qariyb 700 nafar xodimiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

O‘zbekiston 12:21 / 30.06.2022 6765

“Rasmiy xabarlar” telegram-kanalining xabar berishicha, joriy yilning 29 iyun kuni “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga kompleks yondashuv: biznesning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va davlat nazoratini isloh qilish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov forum doirasida 2022 yilda davlat organlarining qariyb 700 nafar xodimiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgani to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Dilmurod Qosimovning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat organlarining mansabdorlariga nisbatan 2 000 mingga yaqin ta’sir choralar qo‘llanilgan.

Bir yil avval 1 600 nafar davlat idoralarining xodimlariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: