O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida xalqaro bayonnoma tasdiqlandi

O‘zbekiston 09:38 / 24.05.2024 1956

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasida 2016 yil 8 dekabrda Hamburg shahrida imzolangan O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKO’ni ta’sis etish hamda faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Mazkur bayonnoma 2023 yil 2 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: