“Zukko Bolajon!” fotoalbomining taqdimoti o‘tkazildi

Jamiyat 17:00 / 14.06.2022 2407

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida poytaxtimizdagi 482-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida "Zukko Bolajon" foto-albomi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Maktabgacha ta’lim vazirligining mas’ullari, poytaxtimizda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari, muassasa tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ustida yurtimizdagi taniqli olimlar, pedagog-psixologlar, ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirokida milliy an’analarimizga xos ta’lim-tarbiya, yo‘qolib borayotgan odob-axloq me’yorlarini yodga soladigan 50 dan ortiq holatni o‘zida aks ettirgan ssenariy loyihalari ishlab chiqilgani va suratga olish ishlari boshlangani ma’lum qilindi. Ushbu albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xulosalar asosida to‘ldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.

Taqdimot marosimida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, bolalar psixologlari,Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi.

“Zukko Bolajon!” loyihasi doirasida fotoko‘rgazma hamda “Karvon” xalq qo‘g‘irchoq teatri tomonidan tomoshalari namoyish yetildi.

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: