Samarqand shahrida joylashgan "So'g'diyona" akvaparki yozning qaynoq onlarini yanada yodda qolarli o‘tkazish istagida bo‘lganlar uchun o‘z bag‘rini ochadi. Muhtasham "Grand Hotel Sogdiana" mehmonxonasi hududida joylashgan yirik ko‘ngilochar majmua 4 gektar maydonni egallagan.
Akvaparkda so‘nggi rusumdagi suv attraksionlari, uzunligi 500 metr bo‘lgan sun’iy ko‘l, dengiz to‘lqini mavj uradigan basseyn, jakuzi, bolalar uchun maxsus suv parki, alohida so‘rili kabinalar va betakror mazali taomlarni tortiq etuvchi restoran mavjud. Bu yerda hordiq chiqarish siz va farzandlaringiz uchun bu yilgi yoz mavsumining eng yoqimli xotirasi bo‘lib qolishi shubhasiz.
Telefon: +998946150008
Instagram: instagram.com/sogdiana_aquapark
Feysbuk:fb.com/sogdianaaquapark
Reklama huquqi asosida