Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi
Uylar yemirilishga chidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza materiallardan yig‘ilgan. Sovuq mavsumda isitish va issiqda shamollatish tizimlari ham o‘rnatilgan.

Foto: Uzbekistan Airports
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali va bosh binosi oralig‘ida joylashgan yashil maydonda mushuklar uchun uychalar paydo bo‘ldi. Ular Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan loyihalashtirilgan, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
«Mushuklar shahar muhitining tabiiy aholisi bo‘lib, o‘zining ekologik o‘rniga ega. Poytaxt aeroportida doimo mushuklar bo‘lgan. Bu jonzotlarning odamlarga foydasi oydin, yoqimli estetikadan tashqari, uy sichqonlarini va hatto kalamushlarni yo‘q qiladigan haqiqiy ovchilardir… «Mushukkent» loyihasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari bilan birgalikda uychalar loyihasini ishlab chiqdik va ularni aeroport faoliyati uchun ham, hayvonlarning o‘zlari uchun ham xavfsiz bo‘lgan joylarga o‘rnatdik», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, dizayn jarayonida uylar yemirilishga chidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza materiallardan yig‘ilgan. Sovuq mavsumda isitish va issiqda shamollatish tizimlari ham o‘rnatilgan.
Ta’kidlanishicha, «Mushukkent» loyihasi 2019 yilda boshlangan bo‘lib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hamda boshqa davlat idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Loyihaning asosiy maqsadlari jamiyatda hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabatni targ‘ib qilish, shaharda mushuklar uchun uylar o‘rnatish, ko‘cha mushuklari sonini nazorat qilish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazoni kuchaytirishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025