“O‘zbekneftgaz”: Yanvar-may oylarida 288,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkich 106,8 foizga bajarildi

Jamiyat 17:28 / 13.06.2022 12989

Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodi(Muborak GQIZ)da mavjud propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarini modernizatsiya qilish, Muborak GQIZ hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yangi qurilmalarni ishga tushirish investitsiya loyihalarni amalga oshirish hisobidan joriy yilda 652,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2022 yilning yanvar-may oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichi 270,5 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 288,9 ming tonna rejaga nisbatan 106,8% (o‘sish sur’ati 109,8%) ishlab chiqarildi.

Shuningdek Respublika iste’molchilariga 267,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 277,6 ming tonna, rejaga nisbatan 103,7% (o‘sish sur’ati 107,2%) yetkazib berildi.

Shu bilan birga birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 249,6 ming tonna (o‘sish surati 102,4%) yetkazib berildi.

Xususan, aholi va kommunal soha obektlarining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan ushbu loyihalar natijasida gazni qayta ishlash zavodlaridagi gaz tarkibidan propan-butan aralashmalari ajratib olish qurilmalarining quvvatlari oshirilmoqda.

2019-2022 yillarda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz miqdorlari taxlili quyidagilarni tashkil etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJning boshqarma va korxonalari tomonidan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va Respublikaning barcha turdagi iste’molchilariga belgilangan miqdorlarda uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: