Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumanda yashovchi fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yerning 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming dollar talab qilib, so‘ralgan puldan 70 ming dollar olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 1 million dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.