13 yanvar, dushanba kuni AQShning Rossiya neft sektoriga qarshi yangi sanksiyalari fonida neft narxi bir necha oy ichida eng yuqori darajaga yetdi. Shunday qilib, Brent etalon markasi narxi deyarli ikki foizga oshib, bir barrel uchun 81,49 dollarni tashkil etdi, bu 2024 yil avgust oyi oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Shu bilan birga, Amerikaning West Texas Intermediate (WTI) xom nefti bir barrel uchun 78,39 dollargacha ko‘tarilib, oktyabr oyidagi rekord darajadan oshib ketdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sababli AQShning yangi sanksiyalari
Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiyasi munosabati bilan AQSh 10 yanvar kuni Rossiya energetika sektoriga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga, jumladan, «Gazprom neft» va «Surgutneftegaz», o‘nlab neft-servis kompaniyalari va Rossiya Federatsiyasidan neft sotuvchi treyderlar kirdi.
AQSh Milliy iqtisodiy kengashi direktori Dalip Singx bu choralarni «eng jiddiysi» deb atadi va bu cheklovlar Rossiyaga oyiga milliardlab dollarga tushishi mumkinligini taxmin qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni izohlar ekan, cheklovlar «hatto jahon bozorlarini beqarorlashtirish xavfi evaziga» joriy etilayotganini ta’kidlab, Moskva sanksiyalarga javob qaytarishiga va’da berdi.