«Toshkentga yana 1000 ta avtobus olib kelinadi» - transport vaziri

O‘zbekiston 16:16 / 14.01.2025 2314

Joriy yilda Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1000 ta avtobus xarid qilish rejalashtirilgan. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Transport vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha avtobus bekatlarida QR-kodli bir martalik qog‘oz chiptalarni xarid qilish uchun 675 dona infokiosk ham o‘rnatiladi. 

«1 fevralga qadar Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi, shuningdek, yangi dastur qabul qilinishi ko‘zda tutilgan», dedi Ilhom Maxkamov.

Qayd etilishicha, ayni paytda infokiosklarning umumiy soni 5100 tani tashkil etadi, shundan 769 tasi avtobus bekatlarida o‘rnatilgan. Naqd pulda to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyingi 10 kunlik, 1 yanvardan 10 yanvargacha bo‘lgan davrda avtobuslarda kunlik yo‘lovchi tashish 43,5 foizga – 871 ming kishidan 1,19 million kishiga, tushum esa 36 foizga – 8,5 milliard so‘mdan 11,5 milliard so‘mga oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: