“Bu kasbni puxta o‘rganishga kamida 4-5 yil kerak” - montyorlik mashaqqati

Jamiyat 19:40 / 30.05.2022 17622

“Manzil” loyihasi olis hududlarda sokin hayot kechirayotgan oddiy hamyurtlarimiz hayotidan hikoya qilishda davom etadi. Navbatdagi qahramonimiz – xorazmlik Tursunboy aka O‘razboyev 35 yildan oshiq umrini montyor sifatida xalqqa elektr energiyasi yetkazib berish uchun sarflagan.

Tursunboy aka Xorazmning Gurlan tumanida yashaydi. U o‘zi yashayotgan tuman elektr ta’minoti korxonasida hamkasblari bilan 2021 yilda 60,4 km elektr uzatish tarmoqlari va 24 dona transformator punktlarini yangidan qurishgan.

Bu yil esa, 39,3 km elektr uzatish tarmoqlari va 10 dona transformator punktlarini yangidan qurishni rejalashtirishgan.

Tursunboy aka O‘razboyev o‘zi tanlagan shu sohadan halol rizq topayotgani, xalqi uchun, yurti uchun xizmat qilayotganidan mamnun.

Loyiha muallifi:
Tohirjon Tursunov
Tasvirchi va montajchi:
Boymirza Xalilov

Ko‘proq yangiliklar: