Fuqarolarni AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 16:09 / 14.01.2025 864

Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kiradi va tanishlari orqali ularni AQShga ishga yuborishini aytadi.

Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming dollardan, jami 22 ming dollar so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor  tadbirda u 15,4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1999 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida fuqaroni AQShga ishga yuborish evaziga 21 ming dollar talab qilib, 9 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: