Jizzaxda pul evaziga o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan institut bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Jamiyat 14:57 / 28.05.2022 7045

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahrida joylashgan “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryoda fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib pul olgan talaba ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: