“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Gazlida gaz qazib chiqarishga doir chora-tadbirlar va loyihalar holati o‘rganildi

Jamiyat 22:04 / 26.05.2022 7405

Uglevodorod zaxiralarini oshirish, uglevodorodlar qazib chiqarish geologo-texnik tadbirlar doirasida quduqlarni burg‘ilash, kapital ta’mirlash va texnologik obektlarni ishga tushirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, ularning samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 2022 yilda 4,6 mlrd.kub metr tabiiy gaz va 150,0 ming tonna suyuq uglevorodlar qazib olish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

Ta’kdlash kerakki, ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqarmada 2022 yil davomida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 133 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshiriladi, bunda 6 ta yangi gaz quduqlari burg‘ilashdan ishga tushiriladi, 121 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib boriladi hamda 6 ta texnologik obektlar ishga tushiriladi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari Gazli boshqarmasi rahbariyati bilan “Doyaxotin” konidan Gazli gazni qayta ishlash zavodigacha diam.1020 mm lik 47 km uzunlikdagi gaz quvurini qurilish ishlari bilan tanishdi. 

Hozirgi kunda loyihaning 1-bosqichi bo‘yicha 31 km qismida payvandlash ishlari yakunlangan bo‘lib, suv bilan sinash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 2- bosqichi 12 km dan 90 foizdan ortiqroq qismida payvandlash ishlari yakunlangan, qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu gaz quvurini qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosarlariga, departament va boshqarma boshliqlariga ko‘rsatmalar berildi. Pudratchi tashkilot tomonidan zarur quvur armaturalarini yetkazib berishni tezlashtirish va montaj ishlarini yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Geologo-texnik tadbirlar doirasida konlarda quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishish maqsadida, “Doyaxotin” koni 104-sonli burg‘ilashdan ishga tushirilgan ishlatish qudug‘i, 106-sonli yangi ishlatish qudug‘ini burg‘ilash ishlarini boshlash jarayonlari va 94-sonli qudug‘ida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

Kuz-qish mavsumida ham uglevodorodlar qazib chiqarishni barqarorligini ta’minlash maqsadida, qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni quduqlar uchun burg‘ilash dastgohlarini jalb qilish bilan burg‘ilash ishlarini jadallashtirish, quduqlarni kapital ta’mirlash ishlariga boshqa hududlardan ta’mirlash uskunalarini mobilizatsiya qilish orqali ularning sonini ko‘paytirish orqali geologo-texnik tadbirlarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha tegishli departament boshliqlari va boshqarma rahbariyatiga vazifalar belgilandi. 

“Uchqir” konida likvidatsiya fondidagi yana 10 ta quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini olib borish bilan ishlatish fondiga qaytarish orqali konning 16-gorizont qatlamidan tabiiy gaz qazib olishni ta’minlash bo‘yicha “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ rahbariyatiga alohida topshiriq berildi.

Texnologiya yo‘nalishida, “Tayloq” konining 1-,2-gaz yig‘uv joylaridan “Qumli” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga bo‘lgan gaz quvurlarining quvvatini oshirish bilan gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida jami 12 km uzunlikdagi qo‘shimcha quvurlarni qurish ishlarini jadallashtirish masalasi ham muhokama qilinib mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida, Gazli regionidagi konlar va maydonlarning qӯshimcha imkoniyatlarini ӯrganish bo‘yicha olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari, jumladan 3D seysmik ishlarni jadallashtirish va bu orqali “Uchqir”, “G‘arbiy”, “Tayloq” va “Parsanko‘l” konlarining yangi istiqbollarini aniqlash, 2 ta yangi maydonlarda izlov-qidiruv yo‘nalishida burg‘ilash ishlarini olib borish va 3 ta quduqlarni burg‘ilash bilan tugatish rejalari muhokama qilindi.

“Andakli El-Omon” va “Manguberdi” kabi bir qator istiqbolli maydonlarda burg‘ilash ishlarini jadallashtirish orqali uglevodorodlar zaxiralarini o‘stirishni ta’minlash bo‘yicha tegishli boshqarma va departament boshliqlariga vazifalar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati 

Ko‘proq yangiliklar: