“Kelajakda o‘rningizni birov egallamasligi uchun hozir harakat qiling” - Bs kompaniyasi asoschisi Behzod Jalolov

Jamiyat 20:10 / 21.05.2022 21934

O‘z ustimizda ishlamasak bizdan o‘zib ketishadi

Faoliyatni 2009 yilda boshlaganmiz. 2018-2019 yilga kelib ishni bu tarzda olib borish biznesimiz rivojiga xalal berishini tushunib yetdim. Bunga qadar ham o‘z yo‘nalishimizda yetakchi bo‘lganmiz, lekin o‘z ustimizda ishlamaslik kelgusida bu o‘rinni boshqalarga bo‘shatib berishga olib kelishi mumkin edi. Shundan so‘ng transformatsiya jarayoni boshlandi. Avvalo kompaniyadagi har bitta xodimga bilim olishi uchun imkon yaratildi. Kompaniya ishlash strukturasini tubdan o‘zgartirishga kirishdik. Struktura o‘zgarishi oqibatida o‘z ustida ishlamagan ayrim xodimlardan voz kechishga ham to‘g‘ri keldi.

Tizimlashtirish orqali bo‘limlar tashkil etildi. Har bir bo‘limning o‘z vazifasi, yo‘nalishi belgilab berildi.

KPI tizimini joriy qilganimizda ayniqsa katta natija bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Ya’ni xodimlar ish salohiyatiga qarab ularni baholash va rag‘batlantirish bilan kompaniya rivojida keskin o‘zgarish kuzatildi. Transformatsiyaning keyingi bosqichlarida buxgalteriya bo‘limi, HR bo‘limlarini tashkil etdik. 2 oy ichida butun kompaniyaning biznes jarayonini qaytadan tuzib, shakllantirib chiqqanmiz.

Transformatsiya natijasida Bs...

2019 yilda 170 nafar bo‘lgan xodimlar soni 350 dan oshdi, filiallar soni 13tadan 60taga yetkazildi. Mijozlarga yuk yetkazuvchi avtomobillar soni 40tadan 120taga yetdi. Yillik jo‘natmalar soni 2019 yilda 300000tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 millionga oshdi. Shunga yarasha yuridik mijozlar 800dan 2100ga, jismoniy mijozlar esa 200000dan 1 million nafarga yetdi.

Biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Xizmat ko‘rsatish sifatini yuqoriga ko‘tarish uchun mijozlar fikri muntazam o‘rganiladi va shundan kelib chiqib kamchiliklar ustida ishlanadi. Mijozlarimizga yanada qulaylik yaratish, faoliyatimizga raqamlashtirishni olib kirish maqsadida Bs ilovasi, sayt, koll-markaz va botimizni ishga tushirdik.

Mijozlarimiz bular orqali o‘ziga eng yaqin hududdagi filial orqali jo‘natma yuborishlari mumkin. Hatto uydan turib kurer orqali jo‘natmani istalgan manzilga yetkazish imkoniyati ham mavjud.

Maqsadimiz

Maqsadimiz – Bs deganda O‘zbekistondagina emas, xalqaro miqyosdagi logistika kompaniyasiga ega bo‘lish. Shuning uchun 2021 yildan Rossiya bilan hamkorlikni boshladik. Hozir u yerda filialimiz o‘z faoliyatini boshlagan. Keyingi filialni Sankt-Peterburgda ochishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari Janubiy Koreyaning Seul shahrida, Turkiyaning Istanbul shahri, Xitoy davlatining bir nechta shaharlari va MDH mamlakatlarida filiallarimizni yo‘lga qo‘yish boshlangan.

Dunyoning istalgan mamlakatidan qisqa muddat ichida jo‘natmani keltirib berish xizmatimiz ham bor. Pandemiya davrida Xitoydan yuklar yetkazilishi 6 oylab cho‘zilgan vaqtda biz 1,5 oy ichida ularni egalariga topshirishga erishdik.

Faqat bu xizmat hali ommalashmadi. Yaqin kunlarda istalgan transport yo‘nalishi orqali yuklarni o‘z egalariga yetkazish xizmati strategiyasini tizimlashtirish ishlari boshlangan.

Abbos Rizkiyev suhbatlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: