Prezident e’tirofi, universitet va IT vodiy: O‘zbekistonda IT kelajagi qanday bo‘ladi?

Jamiyat 20:00 / 14.07.2022 11446

Ta’lim bu — katta mas’uliyat. Agar fidokorona ishlanmasa, natijaga qaratilgan to‘g‘ri strategiya bilan ishlanmasa, oldinga qo‘yilgan marralarga yetishish qiyin. Prezidentimiz oldida aytgan taklifimning paydo bo‘lishiga Belarus YaMMning deyarli 10 foizi IT soha vakillari zimmasiga to‘g‘ri kelayotgani sabab bo‘lgan. Bizda 36 million aholi bor, uning ustiga 60 foizi yoshlarni tashkil qiladi, kuchli matematika maktablarimiz bor, biz ham bu ko‘rsatkichlarga erishishimiz mumkinligiga ishonaman.

Hozirgi kunda IT sohasidagi birlamchi bilimlarni egallabgina IT yo‘nalishida ish topish oson emas. Bozor o‘zgaryapti. Kundan kunga talablar oshmoqda. Biz oldimizga jahon talablariga mos keladigan, katta kompaniyalarning yuqori lavozimlarida ishlay oladigan mutaxassislarni yetishtirib chiqarishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Startap sifatida boshlangan PDP Academy loyihasi bugungi kunga kelib korporativ boshqaruvga o‘tmoqda, o‘ziga xos IT ekosistemasi shakllantirilmoqda, 2030 yilga qadar strategiya ishlab chiqildi va hozirgi olib borayotgan faoliyatimiz kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan katta rejalarimiz debochasi deb qaralsa ham to‘g‘ri bo‘ladi. 

PDP University tashkil qilishimizga sabablardan biri shuki, katta loyihalarni boshqaradigan, yetarli darajadagi bilimga ega mutaxassislarni bir yillik kurslarda yetishtirib bo‘lmaydi. Bizdan chiqqan yoshlar 300- 500 dollar oylik olib yurishni emas, 2000-3000 dollar oylik oladigan kuchli kadrlarga aylanishini uddalashimiz kerak. 

Dunyodagi katta IT kompaniyalarda ishlaydigan do‘stlarimiz bor. Amazon, Intel kabi kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelishi mumkinmi deb so‘raganimizda albatta mumkin, faqat hozirgi kunda yetarli kadrlar yetishmasligi bunga asosiy to‘siq bo‘lib turibdi, deyishmoqda. Biz shu mas’uliyatli ishni zimmamizga olishimizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari katta turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan imtiyozli qarorlar nafaqat bizga, balki shu yo‘nalishdagi barcha kompaniyalarga yengillik bermoqda.

Talabalar PDP University'ning birinchi kursida ingliz tilini mukammallashtirish, IT yo‘nalishidagi fundamental bilimlar, kelajakda erishmoqchi bo‘lgan tor mutaxassislikni aniqlash kabi bilimlarga ega bo‘lishsa, ikkinchi kursga kelib Software engineering and programming, (Dasturiy injyenerlik va dasturlash) Artificial intelligence applications (Sun’iy ong dasturlari) , Data science (Ma’lumotlar bazasi fanlari), Business analysis and change management (Biznesni tahlil qilish va o‘zgarishlarni boshqarish) kabi bilimlarni olishadi.

To‘liq suhbatni Youtube kanalimizda ko‘ring.

Murojaat uchun:

Telegram: @PDPSupportBot
Telefon: 78-777-47-47
Sayt: university.pdp.uz

Ko‘proq yangiliklar: