«Pitak» o‘tmishda qoladimi: BTS pochta biznesiga sayohat

Business class 17:26 / 09.01.2022 382583

BTS bosh ofisida kompaniya asoschisi Behzod Jalolov kompaniya tarixi, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bosh omillar haqida so‘zlab berdi.

«BTS kompaniyasiga 2009 yil fevral oyida asos solingan. O‘sha paytlari boshqa biznes turlari bilan shug‘ullanganman va ko‘pchilik qatori viloyatlar o‘rtasidagi hujjat almashishda muammoga duch kelardim. Toshkentdan Buxoroga yoki Samarqandga tovarlar, hujjatlar jo‘natish uchun «pitak»ka borilar va marshrut bo‘yicha qatnovchilar orqali berib yuborilardi. Bunday vaziyatda pochtamiz o‘z manziliga yetmay qolishi, transport yo‘lda buzilib qolishi odatiy hol edi.

Shu kabi muammolarni hal qilish uchun chet el tajribasini o‘rgangan holda Buxoro-Toshkent Service (BTS) xizmat turini yaratdik. BTS nomining kelib chiqish tarixi Buxoro-Toshkent Service bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uni keyinchalik Best Trance Solution’ga almashtirganmiz», – deydi u.

Behzod Jalolov

«Business Class» loyihasining kulminatsion nuqtasi – bu raqamlar va narxlar ekani kuzatuvchilarimiz uchun yaxshi tanish. Shu bois, xizmat ko‘rsatish narxlari, maoshlar va raqamlar haqidagi savollarga javob oldik.

Jarayon davomida call-markazdagi qaynoq holatni jonli kuzatdik va operatorlar ishi stressli vaziyatlarga boy ekanligiga guvoh bo‘ldik. Aynan shu stressli holatlarni kamaytirish uchun xodimlar 1 kun ishlab, 1 kun dam olishi ta’minlab berilgan.

Buyurtmaga zarar yetsa, kompaniya xarajatlarni qoplab beradimi?

Buyurtmaga zarar yetsa, BTS xarajatlarni qoplab berish-bermasligiga qiziqdik. Buyurtma narxi oldindan aytib o‘tilmagan bo‘lsa kompaniya yetkazib berishga sarflangan mablag‘ning 2 baravarini, buyurtma narxi oldindan aytilgan taqdirda esa xarajatlar to‘liq qoplab berilishi ma’lum bo‘ldi.

BTS kompaniyasi tarkibida ichki akademiya ham mavjud ekan. Kompaniya sifat yuqoriligini xodimlar ishi bilan bog‘laydi, shuning uchun haftasiga 4-5 marta treninglar o‘tkazib turadi.

BTS rahbari Behzod Jalolov mavjud muammolar haqida gapirar ekan, yonilg‘i narxi, transport, u bilan bog‘liq xarajatlarga urg‘u qaratdi. U biznes boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga sarmoya bilan bog‘liq muammoni faqatgina yaxshi g‘oyani investorga taqdim etish orqali yechish kerakligi, bankdan kredit olishga shoshilmaslikni maslahat berdi.

Biznesga oid raqamlar: oylik maosh, daromad, sof foyda haqida videoda batafsil ma’lumot berilgan. Ko‘rsatuvni YouTube’da to‘liq tomosha qiling va video ostiga o‘z fikringizni qoldiring! Eng qiziqarli va kreativ izoh egasi deb topilgan 10 kishiga BTS xizmatlaridan bir marta bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Muddat – 2022 yilning 10 fevraligacha.

«Business Class»ni kuzatib boring, kelgusi sonlar plastik qadoqlovchi  kompaniya va zamonaviy barbershoplar haqida bo‘ladi.

Mualliflar:
Eldor Vohidov,
Afzalbek Muhammadjonov

Tasvirchilar:
Mahmud Soliyev,
Nuriddin Nursaidov

Montaj ustasi:
Xayriddin Ayyub

BTS pochta xizmati telefon raqamlari: 1230; +99871 207-08-09

Sayt: bs.uz/uz

Ko‘proq yangiliklar: