Andijonlik bu ayollarning hasratini tinglashning o‘zi og‘ir. Biri og‘ir kasallik sabab yolg‘iz farzandi yetim qolishidan qo‘rqsa, yana biri shu kasallik tufayli qizidan ayrilib qolishdan qo‘rqadi. 29 yoshli Ziyoda Qo‘ziboyeva ikki yildan beri o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xastaligidan aziyat chekadi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun faqatgina buyrak ko‘chirish operatsiyasi zarurligini aytishgan. Bemorga ukasi donorlik qilish niyatida buyragini berish uchun tekshiruvlardan o‘tgan. Ammo boquvchisi yo‘q, ikkita xasta va yolg‘iz ayollar yashaydigan oilada operatsiya xarajatlari tugul ro‘zg‘or tebratishning o‘zi katta mashaqqat.
Ziyoda bu dard uning hayotiga katta zarar yetkazganini, salomatligidan ayirganini va shu sabab turmushi ham buzilganini aytadi: “Sog‘ligimni va oilamni birdan yo‘qotdim. Bitta o‘g‘lim bor, salomatligim yomonlashgani uchun keyingi ikki farzandimni dunyoga keltira olmadim”.
“Umidlarim katta edi. Kundan kunga qizimning ahvoli og‘irlashyapti. Bitta farzandi uchun yashasa deyman.
O‘zim ham nogironman, ko‘zim ko‘rmaydi. Juda qiyin bo‘lyapti, doriga topsak – qornimizga topolmaymiz. Uyimiz yo‘qligi uchun ijarada yashaymiz. Ikki yildan beri qizimni davolatish uchun o‘g‘limning mashinasini, mebellarini sotib sarfladik. Lekin yetkazolmayapmiz”, - deydi bemorning onasi Roziya Toshpo‘latova.
Muborak oyda o‘z ajr-savoblarini yanada ko‘paytirishni maqsad qilgan hamyurtlarimizdan bu oila taqdiriga befarq bo‘lmasliklarini, ikki mushtipar ayolning dardiga malham bo‘lishni so‘raymiz.
Ziyoda Qo‘ziboyevaga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0301 7686 2016 Ziyoda Qo‘ziboyeva nomida
Bevosita uchrashish istagida bo‘lganlar uchun bemor manzili: Andijon viloyati, Andijon tumani, Qo‘shariq dahasi, 40-uy, 40-xonadon.