Ispaniyada Kinder mahsuloti bilan bog‘liq ilk salmonellyoz kasalligi holati aniqlandi

Jahon 17:38 / 21.04.2022 8278

Ispaniyada Kinder mahsuloti bilan bog‘liq ilk salmonellyoz kasalligi holati aniqlandi, deb xabar berdi Mundo gazetasi.

Gazetaning qayd etishicha, Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi Ispaniyadagi ilk holat haqida xabar qilgan.

Xabar qilinishicha, Ispaniya sog‘liqni saqlash organlari salmonellyoz bilan bog‘liq yana ikkita holatni o‘rganmoqda.

Ikki hafta avval Ispaniya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi Belgiyada tayyorlangan Kinder mahsulotlarini sotuvdan olishni buyurgandi.

Aprel boshlarida Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgani xabar qilingandi.

Belgiya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi Arlon shahridagi Kinder mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ferrero shokolad fabrikasi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan

Ko‘proq yangiliklar: