Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti:
- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va ularning fondini yaratish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilandi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi";
- 2024-2026 yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxati;
- qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy qilish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi;
- qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi.
Shuningdek, qaror bilan Qurilish sohasida texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlandi.