Klaster rahbari Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Klaster rahbari viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Dilmurod Abdurahmonov Avazxon Ergashev o‘rniga Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimini egalladi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, bu haqda 11 aprel kuni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda Sayxunobod tumanidagi «Politeks Sirdaryo» MChJ shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari Dilmurod Abdurahmonov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan.
Dilmurod Abdurahmonov 1983 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. «Shuhrat» medali sohibi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil dekabrida ko‘p yillar davomida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokimlik qilgan, 2015-2019 yillarda Senat a’zosi bo‘lgan Avazxon Ergashev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, u 2022 yil 28 fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi

13:45 / 26.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:26 / 04.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:11 / 22.01.2025