Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi

O‘zbekiston 11:18 12778

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.

1991 yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995–1996 yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 1996–2000 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.

2000–2008 yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yil 13 iyuldan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlay boshlagan, 2024 yil noyabrida salomatligi tufayli lavozimini tark etgandi.

Sirdaryo viloyatiga 2022 yil 26 noyabrdan buyon Akmaljon Mahmudaliyev rahbarlik qilayotgandi, u 2024 yil 16 yanvar kuni investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: