O‘zbekistonda bir necha kunlik tanaffusdan keyin 22 mart kuni yana yog‘ingarchilik boshlandi, 23 mart kuni esa yomg‘ir qorga aylandi.
Ayrim joylarda yer oqardi, gullagan daraxtlarni ham qor qopladi.
Havo harorati kechasi va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Kun.uz fotomuxbiri qorli Toshkent manzaralarini kadrlarga muhrladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalarida kuzatilgan tinimsiz yomg‘irlardan keyin 18 mart kuni qor yog‘gandi.