Foto: Samarqandga yana qish qaytdi

Jamiyat 11:10 / 18.03.2022 15578

So‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari tufayli O‘zbekiston hududida hatto qish faslida ham qor yog‘ishi kamyob hodisa bo‘lib qoldi. Endi oldingiday tizza bo‘yi qorlar yo‘q, yog‘ingarchilik yildan yilga kamayib boryapti. Ana shunday holatda ozgina yog‘gan qor ham barchaning dilini quvnatishi bor gap.

Kecha tunda yog‘a boshlagan qor tonggacha Samarqand shahrining ko‘rinishini o‘zgartirib yubordi. Bir kun avval bahor nafasi kezib turgan shaharda bugun qish hukmronlik qilayotganga o‘xshaydi. Kun.uz muxbiri qorli Samarqandni kadrlarga muhrladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» 17-20 mart kunlari oralig‘ida O‘zbekistonga sovuq havo massalari kirib kelishi va aksariyat joylarda qor yog‘ishi haqida xabar bergandi.

Suratlar muallifi – G‘ayrat Yo‘ldosh

Ko‘proq yangiliklar: