4 ta viloyatda o‘g‘irliklar sodir qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jamiyat 14:40 / 14.03.2022 2372

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Kogon tumanidagi fermer xo‘jalik dalasidan 11,5 mln so‘mlik transformatorni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov jarayonida ushbu o‘g‘irlikni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan D.A. jinoiy sherigi, 1989 yilda tug‘ilgan hamqishlog‘i S.A. hamda yana bir pastdarg‘omlik, 1995 yilda tug‘ilgan T.O‘. bilan sodir qilgani aniqlangan. Jinoiy guruh Buxoro viloyatining Qorako‘l, Olot, Romitan, Vobkent, Peshko‘ va Kogon tumanlari hududidan suv tortish nasosi (elektrodvigatel) va transformatorlarni o‘g‘irlab, ularni Toshkent shahrida yashovchi xaridorlarga sotib yuborgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida jinoiy guruh a’zolari Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham shu turdagi 10 ga yaqin o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir qilganligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlangan holatlar tegishli tartibda qayd etilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ko‘proq yangiliklar: