Markaziy bank o‘zbek milliy valutasining xalqaro nufuzini oshirish va keng tanilishini ta’minlash maqsadida so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Unda mamlakat milliy valutasining xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi, o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirgacha o‘zbek so‘mida, boshqa valutalardan farqli ravishda, ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida “so‘m”, “sӯm” yoki “sum” qo‘llanilgan.
MDH hududida arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari bor.