Erdo‘g‘an Ukrainaga safar vaqtida omikron yuqtirib olganini ma’lum qildi
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u va turmush o‘rtog‘i koronavirusning yangi variantini yengil o‘tkazmoqda va shifoxonaga yotish talab qilinmaydi.

Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i koronavirusning omikron shtammini yuqtirib oldi. Bu haqda Turkiya rahbarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
«Bugun dastlabki simptomlardan so‘ng rafiqam bilan COVID-19’ga test topshirdik. Test musbat chiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozdi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u va turmush o‘rtog‘i koronavirusning yangi variantini yengil o‘tkazmoqda va shifoxonaga yotish talab qilinmaydi.
«Biz ishimizni uydan davom ettiramiz. Duolaringizni kutamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Ma’lumot uchun, 3 fevral kuni Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Ukrainaga tashrif buyurgandi. Kiyevda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi, tomonlar o‘rtasida mudofaa sohasida kelishuv va memorandumlar imzolandi, shuningdek, Ukraina sharqidagi mojaro muhokama qilindi.
Mavzuga oid

21:40 / 04.02.2025
Suriyaning yangi rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashuvga yo‘l oldi

17:15 / 12.01.2025
Erdo‘g‘an yana bir prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini istisno etmadi

16:28 / 08.01.2025
Yangi Suriyada terrorchi tashkilotlarga o‘rin yo‘q – Erdo‘g‘an

20:48 / 25.12.2024