Erdo‘g‘an yana bir prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini istisno etmadi

Jahon 18:08 1136

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovida ishtirok etishi mumkin. Bu uning Shonliurfa viloyatidagi mitingdagi bayonotidan kelib chiqadi, deb xabar berdi NTV Haber.

Prezident mitingda turk xonandasi Ibrohim Totlises bilan suhbatlashdi. Qo‘shiqchi Erdo‘g‘andan «prezidentlikka nomzodingizni qayta qo‘yishga tayyormisiz» deb so‘radi. «Siz bilan tayyorman», deb javob berdi prezident.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2014 yilda Turkiya rahbari bo‘ldi. Shu paytda mamlakatda parlament tizimi mavjud edi. 2017 yilda Turkiya referendum natijasida prezidentlik respublikasiga aylandi. Yangilangan konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan davrda lavozimini egallashi mumkin. Erdo‘g‘an 2018 va 2023 yilgi saylovlarda g‘alaba qozondi. Uning katta maslahatchisi Mehmet Uchum avvalroq, agar parlament muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga qaror qilsa, siyosatchi yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: