Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Iqtisodiyot 12:17 / 20.01.2022 21388

Bugun, 20 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Soat 14:00da Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2021 yil davomida asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolingan edi.

Regulyator asosiy stavkani oxirgi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgartirgan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.

O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng, 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: