2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun va prezidentning 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
2022 yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari:
- Xalq ta’limi vazirligi — 25,81 trln so‘m (o‘tgan yilda 22,17 trln so‘m);
- Maktabgacha ta’lim vazirligi — 6,49 trln so‘m (o‘tgan yilda 6,79 trln so‘m). Shundan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 1,5 trln so‘m( o‘tgan yilda bu miqdor 1,2 trln so‘mni tashkil etgan);
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 4,14 trln so‘m( o‘tgan yilda 2,98 trln so‘m). Shundan 178, 5 mlrd so‘mi talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha subsidiyalar(2021 yilda yotoqxona bilan qamrab olinmagan va uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘loviga subsidiyalar 72,2 mlrd so‘mni tashkil etgan);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3,08 trln so‘m( o‘tgan yilda 4,45 mlrd so‘m). Shundan odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar – 95,4 mlrd so‘m( 2021 yilda bu miqdor 50,8 mlrd so‘mni tashkil etgan);
- Madaniyat vazirligi — 728 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 1,03 trln so‘m);
- Innovatsion rivojlanish vazirligi — 843,3 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 747,8 mlrd so‘m);
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1,324 trln so‘m(o‘tgan yilda 1,8 trln so‘m). Shundan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga transfertlar – 981,3 mlrd so‘m (2021 yilda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish uchun 1,395 trln so‘m mablag‘ ajratilgan);
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 615,8 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 1,72 trln so‘m);
- Suv xo‘jaligi vazirligi — 3,44 trln so‘m( o‘tgan yilda 2,97 trln so‘m). Shundan paxta xomashyosi yetishtiruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orishni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun xarajatlar – 935 mlrd so‘m( 2021 yilda 198,8 mlrd so‘m);
- Energetika vazirligi — 55 mlrd so‘m (o‘tgan yilda 1,13 trln so‘m. Shundan respublika iste’molchilarining ehtiyojlarini ta’minlash uchun tabiiy gazni sotib olish va sotishning o‘rtacha narxidagi farqni qoplashga 1 trln so‘m subsidiya ajratilgan);
- Transport vazirligi — 5,87 trln (o‘tgan yilda 6,81 trln so‘m). Shundan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga transfertlar – 4,82 trln so‘m;
- Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 38,4 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 45,7 mlrd so‘m);
- Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 1,1 trln so‘m ( o‘tgan yilda 1,28 trln so‘m);
- Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi — 186,6 mlrd so‘m;
- Turizm va sport vazirligi — 1,71 trln so‘m( o‘tgan yilda 1,06 trln so‘m). Shundan «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi vositasida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan shaxslarga ajratilgan mablag‘lar – 60 mlrd so‘m;
- Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14,3 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 12 mlrd so‘m);
- O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 136,8 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 105,8 mlrd so‘m);
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 516,5 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 609,3 mlrd so‘m);
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 9 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 7,6 mlrd so‘m);
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 10,7 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 7,1 mlrd so‘m);
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1,25 trln so‘m(o‘tgan yilda 835,5 mlrd so‘m). Shundan bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga transfertlar – 940 mlrd so‘m;
- Davlat statistika qo‘mitasi — 224,5 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 210,4 mlrd so‘m);
- Qurilish vazirligi — 358,9 mlrd so‘m ( o‘tgan yilda 333,8 mlrd so‘m);
- Tashqi ishlar vazirligi — 532,1 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 551,8 mlrd so‘m);
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 415,8 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 408,4 mlrd so‘m). Shundan eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun xarajatlar – 110 mlrd so‘m ( 2021 yilda 150 mlrd so‘m);
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 160 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 136,1 mlrd so‘m);
- Adliya vazirligi — 178,9 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 145,5 mlrd so‘m)
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — 761,1 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 480,6 mlrd so‘m). Shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga transfertlar – 500 mlrd so‘m(2021 yilda 200 mlrd so‘m ajratilishi belgilangandi);
- Moliya vazirligi — 73,27 trln so‘m( o‘tgan yilda 67,9 trln so‘m). Shundan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun xarajatlar – 1,76 trln so‘m(2021 yilda 1,93 trln so‘m), davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar – 4,04 trln so‘m(2021 yilda 2,59 trln so‘m), budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘yicha ijtimoiy xarajatlar – 4,35 trln so‘m (2021 yilda 4,24 trln so‘m), ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlar turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar – 11,35 trln so‘m, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlar – 1,7 trln so‘m(o‘tgan yilda 4,26 trln so‘m);
- Davlat soliq qo‘mitasi — 1,53 trln so‘m (o‘tgan yilda 1,19 trln so‘m);
- Vazirlar Mahkamasi — 1,60 trln so‘m( o‘tgan yilda 2,23 trln so‘m). Shundan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga transfertlar – 500 mlrd so‘m( 2021 yilda – 323 mlrd so‘m);
- Prezident Administratsiyasi — 814,6 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 1,44 trln so‘m);
- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 236,2 mlrd so‘m;
- Hisob palatasi — 67,6 mlrd so‘m;
- Senat — 59,9 mlrd so‘m (o‘tgan yilda 38,4 mlrd so‘m);
- Qonunchilik palatasi — 243 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 224,7 mlrd so‘m);
- Ombudsman — 7,6 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 4 mlrd so‘m);
- Bosh prokuratura — 1,357 trln so‘m(o‘tgan yilda 1,375 trln so‘m);
- Oliy sud — 1 trln so‘m(o‘tgan yilda 838 mlrd so‘m);
- Konstitutsiyaviy sud — 12,2 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 6,5 mlrd so‘m);
- Sudyalar oliy kengashi — 33,1 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 23,2 mlrd so‘m);
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 21,1 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 25,4 mlrd so‘m);
- Markaziy saylov komissiyasi — 12 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 279 mlrd so‘m);
- Bolalar ombudsmani — 1,3 mlrd so‘m;
- MTRK — 561,3 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 427,1 mlrd so‘m);
- O‘zA — 20,6 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 26,6 mlrd so‘m);
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi — 430,5 mlrd so‘m;
- «O‘zarxiv» — 10,4 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 8,4 mlrd so‘m);
- Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi –— 197 mlrd so‘m;
- Kinematografiya agentligi — 233 mlrd so‘m;
- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi — 82,4 mlrd so‘m;
- Strategik rivojlanish agentligi — 7,5 mlrd so‘m;
- Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 63,2 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 80,4 mlrd so‘m);
- O‘zgidromet — 180,7 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 128,1 mlrd so‘m);
- Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 11,4 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 9,6 mlrd so‘m)
- Yoshlar ishlari agentligi — 212,8 mlrd so‘m(o‘tgan yilda 318 mlrd so‘m);
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi — 148,4 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 370,1 mlrd so‘m)
- O‘zFA — 328,2 mlrd so‘m( o‘tgan yilda 257,6 mlrd so‘m)
- Boshqa tashkilotlarga – 29,06 trln so‘m.
2022 yilda ikkinchi darajali budjet taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larining cheklangan miqdorlari:
Sog‘liqni saqlash vazirligiga aloqador tashkilotlar
- «Sog‘lom avlod uchun» xayriya jamg‘armasi — 58,7 mlrd so‘m;
- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 5 mlrd so‘m;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati — 263 mlrd so‘m.
Madaniyat vazirligiga aloqador tashkilotlar
- O‘zbekiston Badiiy akademiyasi — 112,2 mlrd so‘m;
- Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona — 19,07 mlrd so‘m.
Turizm va sport vazirligiga aloqador tashkilotlar
- O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi — 6, 2 mlrd so‘m;
- Milliy olimpiya qo‘mitasi — 135 mlrd so‘m;
- Milliy paralimpiya qo‘mitasi — 30,9 mlrd so‘m;
- Madaniy meros agentligi — 107,9 mlrd so‘m.
Soliq qo‘mitasiga aloqador tashkilotlar
- Kadastr agentligi – 166 mlrd so‘m;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga aloqador tashkilotlar
- Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 10,5 mlrd so‘m;
Vazirlar Mahkamasiga aloqador tashkilotlar
- Milliy antidoping agentligi – 3,8 mlrd so‘m;
- Agrosanoat ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 6,77 mlrd so‘m;
- Davlat test markazi – 17,8 mlrd so‘m;
- Oliy attestatsiya qo‘mitasi – 2,6 mlrd so‘m;
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita – 113,8 mlrd so‘m;
- Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi — 6,4 mlrd so‘m;
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi — 3,2 mlrd so‘m;
- Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — 12,8 mlrd so‘m;
- «Nurly jol» va «Ovozi tojik» gazetalari — 1,6 mlrd so‘m;
- Islom sivilizatsiyasi markazi — 15,2 mlrd so‘m;
- Davlat personallashtirish markazi — 10,2 mlrd so‘m;
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi — 9,4 mlrd so‘m;
- O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi — 5 mlrd so‘m (5 mlrd);
- Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi — 30,4 mlrd so‘m;
- Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi — 2,5 mlrd so‘m;
- Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi — 3,7 mlrd so‘m;
- Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — 5,2 mlrd so‘m.
Prezident administratsiyasi huzuridagi muassasalar
- Davlat boshqaruvi akademiyasi — 24,7 mlrd so‘m;
- Birinchi prezident Islom Karimov majmuasi — 10,2 mlrd so‘m;
- Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti — 23 mlrd so‘m;
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 89,6 mlrd so‘m;
- Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi — 18,5 mlrd so‘m;
- Administratsiya huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi — 173 mlrd so‘m;
Qonunchilik palatasi huzuridagi muassasalar
- Parlament huzuridagi NNTni qo‘llab-quvvatlash fondi — 82,3 mlrd so‘m;
- Parlament huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti — 10,6 mlrd so‘m;
Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar
- Majburiy ijro byurosi — 442,7 mlrd so‘m;
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti — 195,2 mlrd so‘m.