Termiz shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 17 dekabr kuni soat 11:30larda Termiz shahridagi Baynalmilal mahallasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisi ortdan kelayotgan mashinaga e’tibor bermasdan ko‘chani kesib o‘tish uchun qayrilgan.
Shunda u bilan bir yo‘nalishda kelayotgan Neksiya-3 mashinasi uni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.