Samarqanddagi oshxonada gaz ballon portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 15:31 / 20.12.2021 5031

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan oshxonada gaz ballonlar portlagan va oqibatda 10 kishi jarohatlangan. Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yil 19 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Navro‘z» MFYda «Lazzat» oshxonasida gaz ballonlar portlagan.

Oqibatda oshxonaning taxminan 40 metr kvadrat maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Bundan tashqari 10 kishi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Samarqanddagi oshxonada gaz ballon portlagani yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: