Qo‘yliq dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo bozori rahbarlari o‘zgardi

Iqtisodiyot 18:56 / 16.12.2021 40470

Toshkent shahridagi «Qo‘yliq dehqon bozori» AJ rahbariyati o‘zgardi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Qo‘yliq dehqon bozoriga 2021 yil boshidan buyon rahbarlik qilib kelgan Anvar Akbarovich Quvondiqov lavozimini tark etgan va uning o‘rnini Mirkomil Miryusupovich Qo‘chqorov egallagan.

Mirkomil Qo‘chqorov shu kunga qadar Toshkentdagi «Chilonzor dehqon bozori» MChJ rahbari bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu bozorga tutash bo‘lgan Qo‘yliq ulgurji savdo majmuasiga Otabek Ravshanovich Jumanov yangi rahbar etib tayinlangan.

U shu vaqtgacha «Yunusobod dehqon bozori» AJ rahbari edi.

7 dekabr kuni Toshkent shahar hokimining Qo‘yliq dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chirilishi haqidagi qarori e’lon qilindi.

14 dekabr kuni Qo‘yliq dehqon bozori ma’muriyati vakili Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida hech qanday rasmiy topshiriq berilmaganini aytdi. Ko‘p o‘tmay bozor joylashgan Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyoyev buni rad etib, bozor bosqichma-bosqich ko‘chirilishini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: