Asl qadriyatlarga boy, halol va xushta'm ziravorlarga to‘yingan go‘sht hamda issiqqina tandir taftida qizarib pishgan o‘zbekona patir nondan tayyorlanuvchi milliy fast-fud - Non-kabob endi markazda.
Bugungi kunda o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurgan Non-kabobning yana ikkita yangi shoxobchasi ish faoliyatini boshladi.
Shahrimiz aholisi uchun yanada qulay bo‘lishini ta'minlash maqsadida shahar markaziy ko‘chalaridan biri Yashnobod tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi (sobiq Botkina) va Abu-Saxiy bozorida yangi tamaddixonalarning mini formatdagi ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Non-kabobdan yana bir yangilik: Zamonaviy burgerning o‘zbekona yangi talqini Non-burgerni qarshi oling.
Qaynoqqina patir non orasidagi otash taftida tayyorlangan kotletlarimizning xush ta'mi insonga o‘zgacha lazzat berishiga ishonamiz.
Non-kabob shiori xalqimizga sifatli mahsulot yetkazib, hamyurtlarimiz mehrini qozonishdir.
Barchani yangi filiallarimizga taklif etib, mazali yeguliklardan tatib ko‘rishni tavsiya etamiz.
Manzil:
1. Kichik halqa yo‘li, Archa ko‘chasi
Mo‘ljal: Shofayz ko‘prigi
2 Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, sobiq Sobir Rahimov metrosi
Mo‘ljal: "Buyuk Ipak yo‘li" monumenti yonginasida
3. Olmazor tumani, Nurafshon aylanma yo‘li
Mo‘ljal: Qorasaroy chorrahasi
4. Yashnobod tumani, M.Ulug‘bek ko‘chasi
Mo‘ljal: Botkina gul bozori
5 Otchopar bozori ichida
Mo‘ljal: Ovqatlanish shoxobchalari qatorida
Murojaat uchun telefon:
Yetkazib berish xizmati:
Express 24
Bringo.uz
Reklama huquqi asosida