Turkiyada “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 20:00 / 12.11.2021 11677

8-12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli o‘zbek kinoijodkorlari ham ishtirok etmoqda.

Kecha kinofestival dasturida “O‘zbek kinosi kuni” tashkil etildi. Avval “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali haqida video rolik namoyish etildi.

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

Tabrik uchun O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ahmet Demirkan so‘zga chiqishdi.

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

Kechada o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari yangradi. Madaniy tadbir bayram tantanasiga aylanib ketdi. Shuningdek, taniqli o‘zbek kino va estrada yulduzlarining chiqishlari taqdim etildi.

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

So‘ngra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘zbek kinoijodkorlari, Turkiyadagi vatandoshlarimiz va mahalliy aholi ham ishtirok etishdi. Bayram barchaga manzur bo‘ldi.

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

11 noyabrdan Turkiya milliy telekanallarida kinofestivalda namoyish etilgan o‘zbek filmlarining TV premeralari ham boshlandi.

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, kinofestivalda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamrayevning “Xalq jasorati”, Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari ham namoyish etildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: