Sirdaryo viloyatida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida jami 14 mln 96 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Shundan, kuzgi mavsumda 5 mln 286 ming dona va bahor mavsumida 8 mln 810 ming dona ko‘chat ekiladi. Bu haqda viloyat hokimligi ma'lum qildi.
2021 yilning 10 dekabr kuniga qadar o‘tkaziladigan “Dolzarb 40 kunlik” davomida Boyovut tumanida 727 ming, Oqoltin tumanida 781 ming, Sayxunobod tumanida 636 ming, Mirzaobod tumanida 634 ming, Sirdaryo tumanida 627 ming, Xovos tumanida 624 ming, Guliston tumanida 618 ming, Sardoba tumanida 565 ming hamda Guliston shahrida 36 ming, Yangiyer shahrida 27 ming va Shirin shahrida 11 ming tupdan ko‘chat ekiladi.
Ko‘chatlarni tanlash va saralash jarayonlariga tajribali mutaxassislar jalb qilingan. Hududlar iqlim sharoitiga mos keluvchi 30 ming kashtan, 101 ming eman, 60 ming yapon saforasi, 65 ming katalpa, 272 ming shumtol, 201 ming qayrag‘och, 45 ming pavlovniya, 440 ming terak, 117 ming zarang, 156 ming akatsiya, 2 ming chinor, 921 ming tut, 60 ming jiyda, 79 ming yong‘oq, 60 ming behi, 797 ming uzum, 2 ming Qrim qarag‘ayi, 12 ming virgin archasi, 122 ming sharq tuyasi, 20 ming Suriya atirguli, 55 ming hind sireni, 679 ming mevali daraxtlar, 4 mln 869 ming boshqa turdagi daraxtlar, 5 mln 91 ming qalamchalarning eng sara navlari tanlab olingan.
Aksariyat hududlarda sug‘orish tizimi yo‘qligi yoki izdan chiqqanligini inobatga olib, ushbu tizimlarni barpo etish yoki suv chiqarish uchun quduq qazish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.