Samarqandda bir oilaning 4 nafar a'zosi is gazidan vafot etdi

Jamiyat 22:14 / 08.11.2021 23063

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni Narpay tumani Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi yashash uyida tashqi tomonidan tan jarohatlarsiz topilgan.

Dastlabki tekshiruvda ularning is gazidan vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni hodisa yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a»,«b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlarni o‘tkazish uchun Narpay tuman IIBga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida 15 oktyabrdan 25 oktyabrgacha 8 kishi is gazidan vafot etgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, 29 oktyabr kuni Urgut tumanida ayol va uning ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: