Ular «Nurobod gaz servis» MChJga qarashli «DAF» rusumli, 20 t sig‘imli yuk avtomashinasida suyultirilgan uglevodorodli (propan) gazni tashish bilan surunkali ravishda shug‘ullanib kelgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat prokuraturasi.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «v» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovining birinchi kunidayoq 6 nafar jinoiy uyushma a'zolariga nisbatan sud ajrimi bilan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Prokuratura bu raqamlar ko‘lami kengayishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoiy uyushmaga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham rahnamolik qilib kelishgan.
Jinoyat ishi tergovi shaxsan Samarqand viloyati 2-sektor rahbari — viloyat prokurori R.Masharipovning nazoratiga olingan. Viloyat 2-sektor rahbari 10 nafar jinoyatni fosh etishga yaqindan ko‘mak berganlarga tashakkurnoma e'lon qilib, esdalik sovg‘alari ulashdi.