Oqilona boshqaruv siyosati, texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilish, pirovardida ko‘zlangan natijaga erishish. Bu omillar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mujassam. O‘tgan 10 oyda barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlarini oshig‘i bilan bajargan kombinat mehnat jamoasi tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham salmoqli natijalar qayd etilmoqda.
OKMK tomonidan 2021 yil yanvar-oktabr holatiga ko‘ra, 77 ming tonnadan ziyod mis mahsulotlari eksport qilinib, reja 111 foizga uddalangan.
Shuningdek, 66289 tonna mis katodi (reja 106,2 foiz), 6291 tonna mis katankasi (reja 165,6 foiz), 4482 tonna mis quvur (reja 169,1 foiz)lari, 11453 tonna mis kuporosi (reja 218,1 foiz) importyorlarga jo‘natilgan.
Rux mahsulotlari eksporti rejasi ham oshig‘i bilan 118,7 foizga uddalanib, jami bo‘lib 54001 tonna mahsulot xorijga yuborilgan.
Sulfat kislotasi eksporti ham 477,3 foizga bajarildi.
Molibden eksportida ham natija quvonarli. Ushbu mahsulotdan 703 tonna xaridorlarga yetkazib berilgan holda reja 146,5 foizga uddalangan.
Shuningdek, reniy (reja 296,1 foiz), kadmiy (reja 122,9 foiz), volfram (reja 211,6 foiz), palladiy kukuni (reja 639,9 foiz), selen (reja 232 foiz), tellur (reja 148,3 foiz) kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan natijaga erishilgan.
O‘tgan 10 oyda 56 815 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati importyorlarga yuborilgan.
Xorijlik hamkorlarga o‘tgan 10 oyda 8 839 tonna oq portlandsement eksport qilinib, 117,5 foizlik o‘sish sur'ati kuzatilgan. 102 852 tonna kulrang sement xorijga yuborildi.
Hozirgi kunda kombinat mahsulotlari eksport geografiyasi Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarni qamrab olgan. Misr va Germaniya davlatlariga ham mis quvurlarini eksport qilish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
2021 yilning 10 oyida kombinat tomonidan 923,9 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinganini alohida ta'kidlash joiz. Reja 135,2 foizga bajarilib, 140,9 foizlik o‘sish sur'atiga erishilgan. Yana bir e'tiborli jihati, kombinat eksport borasida tarixiy rekord natijaga yaqinlashmoqda. 2021 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, kombinat tomonidan 1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu kombinat tarixida rekord natijasi hisoblanadi.
OKMK Axborot xizmati