Qarshi shahrining “Gissar” IChTB da 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlab chiqarish faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan har chorakda bo‘lib o‘tadigan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “Srednyaya Aziya” ERIELL Group RBe ning NGS, Uz-Kor Gas Chemical, GGS, “2017-2019 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha dastur”, “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” va boshqa loyihalar bo‘yicha rahbarlari, shuningdek, buyurtmachilarning vakillari, shu jumladan, Surhan Gas Chemical OC va Jizzakh Petroleum MChJ QK lar vakillari ishtirok etishdi. .
Loyihalar rahbarlari ishlab chiqarish dasturining bajarilgani va qo‘yilgan vazifalarni 2021 yil yakunigacha bajarish rejalashirilgani to‘g‘risida ma'lum qildilar.
Yig‘ilishda qator xizmatlar va bo‘linmalar rahbarlari so‘zga chiqdilar. Ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat, atrof-muhit muhofazasi, avariya holati kabilarning holati to‘g‘risidagi ma'ruzalar tinglandi.
Umuman, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va sanoat xavfsizligining ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, eng yaxshi kasbiy natijalarni namoyish qilgan ERIELL Group kompaniyasi xodimlari ham ishtirok etishdi. Ularga kompaniya taraqqiyoti yo‘lida bajargan muvaffaqiyatli mehnatlari uchun minnatdorlik bildirilib, moddiy rag‘batlantirildi.
Ma'ruzalar asosida bayonnomalar tuzildi va ularga berilgan sur'atlarni susaytirmaslik imkonini beruvchi, ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash yo‘llari, sanoat xavsizligi holati va qo‘yilgan vazifalarni 29021 yil yakuniga qadar bajarish imkoniyatlarini aks ettiruvchi qarorlar kiritildi.
“O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi” loyihasi rahbariyati sanoat xavfsizligi bo‘yicha ma'ruzani taqdim etdi. Unda “xavfsizlik tomon 5 qadam” Dasturi, obektning yuqori xavf darajasidagi ishlarga tayyorligini tekshirish uchun chek-varaqalarining tatbiq etilishi va SX, MM va OS holatini yaxshilashga ko‘mak beruvchi tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Quduqlar qurilishiga taaalluqli bo‘limda buyurtmachi ish jadvali bo‘yicha 2692 m ga ilgarilab ketilgani qayd etilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida kovlab borish ishlari bo‘yicha rejani bajarish dinamikasi 115,18% ni tashkil etdi. Loyihaning muhandislik yechimlari tufayli ijobiy o‘sishga erishildi. Butun jamoaning bir tan, bir jon bo‘lib mehnat qilishi 1 sutkalik kovlab borish ishlarini bajarishda rekord natijaga (425 m) erishish imkonini berdi.
Natijalarni yaxshilash uchun quyidagi tajriba-sanoat ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan:
- № 2/04 NN qudug‘ida maxsus iskanali TorkBuster bilan;
- № 2/04 NN qudug‘ida avtoburg‘ulash asbobi;
- 444,5 mm li burg‘ulash iskanalarini 406,4 mm li iskanalarga almashtirish.
Joriy yil davomida Uz-Kor Gas Chemical loyihasi bo‘yicha 100 ta quduqni kapital ta'mirlash ishlari bo‘yicha shartnoma muvaffaqiyatli yakunlandi. QKT brigadalari bilan tezkor o‘zaro xarakat qilish orqali 49 ta quduqning kapital ta'mirlash ishlari belgilangan ish rejasidan 3 oy avval yakunlandi. Aprel oyida 150 ta quduqning kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yangi shartnoma imzolandi.
“2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” loyihasi (burg‘ulash) bo‘yicha 9 oy davomida 67 ta quduq burg‘ulandi, loyihaning ikkinchi loti bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘ 257,8 million dollarni tashkil etdi.
Jizzakh Petroleum loyihasida burg‘ulash uskunalari ssoni 8 birlikdan 23 birlikka oshirildi. Ishlarni amalga oshirish geografiyasi Ustyurt, Namangan, Navoi kabi hududlar bilan kengaytirildi.
«Gazli» YeGO (yerosti gaz ombori) loyihasi bo‘yicha 8 ta uskuna ishga tushirildi, ulardan 4 tasi burg‘alash ishlarida va 4 tasi QKT da. 9 oy davomida 12 YeGO quduqlari qazildi va 47 ta quduqda QKT bo‘yicha ishlar bajarildi.
“Surgil” konidagi 50 quduqni jihozlash” loyihasi yakunlandi. Subpudrat xizmatlari qisqartirildi. O‘z kuchlarimiz bilan 100 ta quduqdan 97 tasi ulandi, shuningdek, 60,8 km kollektorlar qurildi.
Loyiha boshqarmasi departamenti qator geologik qidliruv ishlariga ko‘proq pudratchi tashkilotlarni jalb qilish, quduqlarni ta'mirlash bo‘yicha ustalarning malakasini oshirish bo‘yicha muntazam o‘quv kurslari tashkil qilish, shuningdek, doimiy tartibda burg‘ulash uskunalarining texnik ko‘rigini o‘tkazishni tavsiya qildi. Quduqlarni o‘z vaqtida zarur moddiy-texnik zahiralar va xizmatlar bilan ta'minlash maqadida faol ishda davom etish va ishlab chiqarish xizmatlarining moddiy—texnik ta'minot Departamenti bilan hamkorlikda rejalashtirishni nazorat qilish muhim.
ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ