2021 yil 25 oktabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.U. boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati 55,5 million so‘mlik 115 273 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.