Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi

Jahon 00:39 1233

G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlarida joylashgan «Alimbet» hamda «Sirim» nazorat-o‘tkazish punktlari rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Qozog‘iston Transport vazirligining Avtomobil transporti va transport nazorati qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari 2025 yil 1 fevraldan boshlab 16 oy muddatga yopiladi.

«Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.

«Rosgranstroy» ma’lumotlariga ko‘ra (https://www.rosgranstroy.ru/press-center/news/vnimaniyu-perevozchikov-sleduyuschih-cherez-rossiyskokazahstanskiy-uchastok-gosudarstvennoy-granicy), «Sagarchin—Jaysan» va «Ilek—Oqsoy» chegara o‘tish joylari uchinchi davlatlar transporti uchun ochiq qoladi.

2024 yil noyabrda Rossiya va Qozog‘iston chegarasida yuk tashuvchi mashinalar tirbandligi yuzaga kelgandi. Ta’kidlanishicha, bunga Xitoy tovarlarining RFga qo‘shni davlat orqali tashuvlari ortgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, qozog‘istonlik bojxonachilar deyarli har bir transport vositasini ko‘zdan kechiradi, bu esa ularning chegara punktida to‘rt kunlab qolib ketishiga sabab bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: