Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni soat 10:30 larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Denov tumani Chag‘oniyon mahallasi hududidan o‘tuvchi 1484-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tojikistonlik haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasi bilan Sariosiyo-Termiz yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda yuk mashinasiga ulangan tirkama chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Nexia mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Tojikistonga tegishli yuk mashinasining tirkama ulangan joyida nosozlik bo‘lgan.