“O‘g‘lim 2,5 yoshida otasidan ayrilgandi, qizim shu yoshida og‘ir dardga chalindi” – tunlari bolasining nafas olishini kuzatadigan onalar ohi

Jamiyat 14:48 / 29.10.2021 7952

Qo‘rqib yashayapman...

Butun tanasidagi shishlar va og‘riqlar sabab shifoxonaga olib borilgan 7 yoshli Shahloga oqqon tashxisi qo‘yilgan. Yillar davomida shifoxonada davolanishga majbur bo‘layotgan qizaloq tengdoshlari qatori maktab ostonasiga bora olmagan.

“Bu kasallikni eshitgan ekanman-u, boshimizga tushadi deb o‘ylamagan ekanman. Eshitib yomon ahvolga tushdim. Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin. Qon raki deyishdi buni. Bolamni shu yerlardan sog‘-salomat olib ketolmasam kerak deb o‘yladim. Shifokorlarga rahmat, hozir bolamning salomatligi ancha yaxshilangan. Lekin butunlay sog‘ayib ketishi uchun uzoq davolanish kerak ekan.

Qo‘rqib yasharkansiz, yaxshi yuribdi-ku degan xayol bo‘lmas ekan”, deydi Shahloning onasi Gulchehra Abdurahmonova.

Shahlo Abduqodirovaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 9028 3742 otasi Sardor Metarov nomida

Kechalarim “bolam o‘lib qolmadimikan?” degan xavotirda o‘tadi

Qoraqalpog‘istonning olis qishlog‘ida tug‘ilgan Hosilbek bu xastalik bilan shifoxonaga kelganda 2,5 yoshda edi. Hozir 3 yoshga to‘lyapti hamki bu dard uni tark etmadi.

“Kechalari turib “bolam o‘lib qolmadimikan?” degan xavotir bilan yashayman. Qishloqdagi qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, yaqinlarimiz qo‘llaridan kelgancha yordam berishdi. Uyimizdagi bor mol-qo‘ylarimizni sotganmiz. Yetmaganiga dorixonalardan qarz bo‘lib qolganmiz”, deydi bemor bolakayning onasi.

Hosilbek Davletovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 8844 0585 otasi Jahongir Madrahimov nomida

“O‘tda yonishdan-da dahshatli azob ekan bu”...

3 yoshli qizaloqning onasi 7 oydirki u bilan birga dard chekadi. Qizining mash'um xastalikka chalingani haqidagi xabar u uchun hayotidagi eng fojiali xabar bo‘lganini aytadi onasi Nilufar: “Buni eshitish o‘tda yongandan ham dahshatli edi. O‘g‘lim 2,5 yoshga to‘lganda otasidan ayrilgan edi. Endi qizim ham shu yoshda dardga chalindi”.

Oila boshlig‘i oddiy ishchi. Oilada ko‘pchilik yashashi va kutilmaganda kelgan xastalik ayni vaqtda ularni moddiy yordamga muhtoj qilib qo‘ygan.

Humayrobegim Ismoilovaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 6511 0391 onasi Nilufar Sadirbekova nomida

Farzandlari bag‘rida sog‘-salomatligi uchun shukrona keltirayotganlar! Bu bolalarning ham sog‘ayib, ota-ona bag‘rida shod-xurram yashashlari uchun imkon qadar hissa qo‘shing. Zero, qilingan zarracha yaxshilik ham javobsiz qolmasligi shubhasizdir.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi — Abduqodir To‘lqinov.
Montaj ustasi — Azimjon Vohidov.

Ko‘proq yangiliklar: