Rasman: Srechko Katanets - O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi

Srechko Katanets O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Sloveniyalik mutaxassis bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Katanets murabbiylik faoliyati davomida Makedoniya, BAA, Sloveniya va Iroq milliy jamoalarini boshqargan. Sloveniyani ilk bor Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan.
Katanetsga 5 nafar xorijlik mutaxassis yordam beradi. Alesh Chex va Vlado Radmanovich — yordamchi murabbiylar. Martin Magister futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo‘ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanes o‘rin olgan.
Mavzuga oid

18:57 / 14.02.2025
Nodir Eliboyev - futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi

09:00 / 24.01.2025
«Oq bo‘rilar»da «to‘daboshi» o‘zgardi: Kopa uddalaydimi?

22:19 / 23.01.2025
«Necha marta shartnomani bekor qilishni so‘raganimni bilasizmi?» – Katanets murabbiylik faoliyatini yakunlamoqda

13:49 / 23.01.2025