Jizzaxda qashqadaryolik haydovchi boshqaruvidagi «Kobalt» «ZIL» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Bir kishi vafot etgan

Jamiyat 20:32 / 18.08.2021 2168

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Qashqadaryo viloyatida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» «ZIL» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 avgust kuni soat 17:00 larda, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan 1005-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi «Kobalt» mashinasi bilan 1992 yilda tug‘ilgan O.J. boshqaruvida bo‘lgan «ZIL» yuk mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda «Kobalt» mashinasi yo‘lovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan U.Q. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchi M.S. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda «ZIL» yuk mashinasi haydovchisi ogohlantirish chiroqlarini yoqmasdan ikkinchi qatordan chapga qayrilgan va birinchi qatordan kelayotgan «Kobalt» mashinasini yo‘liga chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: