Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yarim yilda 5,7 mln iste'molchining huquq va manfaatlari buzilgan
O‘zbekistonda yarim yilda 5 million 700 mingga yaqin iste'molchining huquq va manfaatlari buzilgan. Bu haqda AOKAda Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokidagi brifingda ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, agentlik mutaxassislari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish va o‘rganish jarayonida 5 million 700 mingga yaqin iste'molchilarning huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlandi. Shundan, iste'molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 130 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi. Bugungi kunga qadar Agentlik sa'y-harakatlari bilan iste'molchilar foydasiga 78 milliard so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlangan.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan ichki iste'mol bozorida sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilishining oldini olish maqsadida 2020 yildan boshlab tovarlar nazorat xaridini o‘tkazish va ularni laboratoriyalarda tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. “Sifat nazorati” ko‘rsatuvi orqali 55 nomdagi mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirildi. Ekspertiza natijalari 7 nomdagi, xususan 1ta quyultirilgan sut, 2ta tomatli ketchup, 4ta paxta yog‘i mahsulotlarining normativ-texnik hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlandi. 3ta paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati vakolatli organ tomonidan bekor qilindi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi issiqlik ta'minoti korxonasi tomonidan 2020-2021 yillar uchun isitish mavsumida 4ta issiqlik markazlarida gaz bosimi pastligi sababli iste'molchilarga issiqlik ta'minoti me'yorlarga muvofiq yetkazib berilmagani aniqlangan. Natijada, berilgan ko‘rsatmaga asosan, 85 mingdan ortiq abonentlarga 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berilishi ta'minlangan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

14:16 / 14.07.2025
Chiqindidan qarzdor chiroqsiz qoladi: rasmiylar va jamoatchilik faoli bahsi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

22:21 / 08.04.2025