Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Kompaniyaning Gent shahridagi zavodida ishlab chiqarilgan mahsulotlarda xlorat miqdorining yuqoriligi aniqlangan. Sotilmagan mahsulotlarning aksariyati savdodan olib tashlangan va kompaniya qolganlarini ham qaytarib olmoqda.

Foto: NeOldu
Coca-Cola kompaniyasi Yevropaning ba’zi davlatlarida o‘z ichimliklari tarkibida xlorat kimyoviy moddasi me’yordan oshib ketgani aniqlanganidan so‘ng, ularni sotuvdan qaytarib olishini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Kompaniya Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiyadagi savdo javonlardan o‘z mahsulotlarini qaytarib olayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, ushbu partiyadan beshta mahsulot Buyuk Britaniyaga o‘tgan yil oxirida yetkazib berilgan va allaqachon sotilgan.
Xlorat – suvni tozalashda va oziq-ovqat sanoatida xlorli dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanilganda hosil bo‘lishi mumkin.
«Mustaqil ekspert tahlillari shuni ko‘rsatdiki, iste’molchilar uchun xavf juda kam», dedi kompaniya vakili.
Coca-Cola Britaniya iste’molchilaridan hech qanday shikoyat olmaganini va bu borada Buyuk Britaniya rasmiylari bilan hamkorlikni davom ettirishini aytdi.
Xloratning me’yordan oshib ketgan miqdori salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin, ayniqsa bolalar va chaqaloqlarda.
Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) diyetologi Karon Grazett shunday dedi: «Biz qanchalik oz miqdorda bo‘lmasin, feyyerverklar va dezinfeksiyalash vositalarida ishlatiladigan kimyoviy moddalarni alkogolsiz ichimliklarda iste’mol qilishni xohlaymizmi, deb o‘ylab ko‘rishimiz kerak».
Xlorat miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish ko‘ngil aynish, qusish, diareya va qonning kislorodni o‘zlashtirish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi mutaxassis kimyoviy moddalar bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlarga tayanib.
Kompaniyaning Gent (Belgiya) shahridagi ishlab chiqarish zavodida muntazam sinovlar o‘tkazish chog‘ida xlorat miqdorining yuqoriligi aniqlangan. Sotilmagan mahsulotlarning aksariyati javonlardan olib tashlangan va kompaniya qolganlarini ham qaytarib olmoqda.
Coca-Cola vakilining aytishicha, kompaniya «o‘z mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ustuvor vazifa deb biladi».
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

21:30 / 17.07.2025
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi

14:16 / 14.07.2025
Chiqindidan qarzdor chiroqsiz qoladi: rasmiylar va jamoatchilik faoli bahsi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

15:00 / 07.05.2025