Yoz oyi bizning hayotimizga quyoshli kunlarni va bir-biridan mazali yangi mevalar hamda sabzavotlarni hadya etadi. Aynan hozir biz ularning yorqin tabiiy ta'midan bahra olishga, yaqinlarni mavsumda xursand qilishga va kerak bo‘lsa, qishki vaqtga tayyorgarlik ko‘rishga, yaxna ichimliklar tayyorlashga harakat qilamiz. Bunday vaziyatda hech bir shubhasiz, muzlatkich diqqat markazida bo‘ladi! Agarda mahsulotlar sofligini saqlash xususiyatiga zamonaviy dizayn, sifatli materiallar va innovatsion texnologiyalarni qo‘shsak – muzlatgich xarid qilish zaruriyatidagi har qanday ikkilanishlar darhol yo‘qoladi.
LG Electronics mutaxassislari an'anaviy tarzda xaridorlarning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga katta e'tibor qaratishmoqda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ularni odatiy maishiy texnikalar bilan uyg‘unlashtirishmoqda. Ko‘p eshikli muzlatkichlar to‘plamida eng talabchan mijozlarning talab-istaklarini hisob olgan holda ishlab chiqarilgan yangi modellar taqdim etilgan: po‘lat korpusli LG GX-X22FTALL va LG GR – X24FMKBL – yorqin qora rangda.
Meditatsiya qilishni yaxshi ko‘rasizmi?
U holda aynan sizlar uchun InstaView™ modeli yaratilgan – u eshikni yopiq holda qoldirishga va shu bilan birga texnika ichidagi bor narsani ko‘rishga imkon beradi: yorug‘likni yoqish va muzlatgich kamerasini yoritish uchun eshik oynasining qoraytirilgan shishasini ikki marotaba taqillatish kerak bo‘ladi.
Byuti-vositalar uchun sirli seksiya bo‘lishini xohlaysizmi yoki alohida mahsulotlar uchun qo‘shimcha qulaylik va oddiylik yaratishni afzal ko‘rasizmi?
Bunday holatda Door-in-Door® texnologiyasi ishlaydi: u muzlatgich eshigida sevimli mahsulotlarimizni osonroq olishimizga imkon yaratadigan qo‘shimcha bo‘linmani yaratadi. Bundan tashqari, alohida eshikdan foydalanish kamera ichidagi sovuq havo chiqib ketishini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida nafaqat mahsulotlarni sof saqlashga, balki energiya tejash ko‘rsatkichlariga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Suv va harorat muvozanati immunitet saqlash uchun asosdir: ichimlik suvi va muz doimo tayyor
Muzlatgich korpusida Slim Space Plus muz tayyorlovchi tizim o‘rnatilgan bo‘lib, sizga doim soflikni ta'minlab beradi. Kuniga bir yarim litrdan toza suv olish tavsiya etiladi – shunchaki dispenserga stakanni olib keling va salqinlikdan bahra oling. 900 litrli suv uchun mo‘ljallangan almashinuvchi filtr noxush hid va xlor ta'mini yo‘qotadi, qo‘rg‘oshin, simob, asbest va benzol tarkibini kamaytiradi. Filtr tozalash funksiyasining yuqori sifatini saqlab qolish uchun uni yarim yilda bir marotaba almashtirish zarur. LG GC-X22FTALL modelida suv ta'minoti tizimiga ulanishni talab qilmaydigan suv va muz uchun mustaqil dispenser o‘rnatilgan: uyning umumiy suv ta'minoti tizimidagi shlanglar va boshqa qo‘shimcha o‘zgarishlarga ulanishning zaruriyati yo‘q.
Joydan oqilona foydalanish
Muzlatgich hajmining o‘zgarishi har doim ham uning umumiy o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni anglatmaydi. To‘g‘ri loyihalashtirilgan kamera ichida siz osonlik bilan ko‘proq mahsulotlarni joylashingiz, turli hajm va balandlikdagi idish hamda konteynerlardan foydalanishingiz, porsion idishdagi taomlarni ozodalik bilan solishingiz mumkin.
- Mukammallashtirilgan qatlamli tokcha endi ikki bosqichli qo‘shimchaga ega bo‘lib, bu yirik va katta o‘lchamli mahsulot yoki idishlarni saqlashga imkon beradi. Baland yoki katta o‘lchamli idishlarni qulay tarzda, bir necha qismlarga ajratmasdan joylashtirish imkonini beruvchi kerakli hajmni o‘zingiz yarating.
- Kichik porsiyali mahsulotlarni (go‘sht, pishloq bo‘laklari, baliqli gazaklar) saqlash uchun maxsus bo‘linma yoqimli hidga ega mahsulotlarni asosiy kamerada ortiqcha joy egallamagan holda tokchaning alohida ixcham joyida saqlashga imkon beradi.
Tozalik – sog‘liq garovi. Soflik – barchasidan ustun.
Biz hayotda ko‘p kuzatamizki, tayyor taom hidi yoki pishib yetilgan mevalar hidi bir zumda aynib qoladi, ular shunchaki boshqa hidlar bilan aralashsa yoki yopiq joyda biroz qolib ketsa bas. Shubhasiz, muzlatgichda biz mahsulotlarni bir-biridan uzoqroq qo‘yishga, bo‘linmalarda tozalikni saqlashga va mahsulotlar yaroqlilik muddatini nazorat qilishga astoydil harakat qilamiz. Bundan tashqari, zamonaviy muzlatgichlarda yoqimsiz holatlardan qochishga imkon beruvchi qo‘shimcha funksiyalar o‘ylab chiqarilgan:
- LG kompaniyasining o‘z Hygiene Fresh+ funksiyasi oziq-ovqatlar buzilishiga ko‘plab sabablar: chang, zamburug‘lar, nordon, ishqoriy hidlar va bakteriyalarni yo‘q qiladigan 5 bosqichli filtrdan foydalanadi. Tizim mahsulotlar saqlash muddatini uzaytirgan va muzlatkichdagi havoni tozalagan holda havodagi 99,9 foizgacha bo‘lgan zararli moddalarni yo‘q qiladi;
- Ichki dispenserdagi ichimlik suvini xavfsiz tozalash: UV-Nano qo‘shimcha dezinfeksiyasi – fotokatalizatorli va bakteriya hamda zamburug‘larni yo‘qotuvchi ultrabinafsha nurlanish xususiyatidan foydalanadigan qo‘shaloq filtrlar. Toza suvni istalgan vaqtda iching.
Rejimdan aniq foydalanish – uzoq-umr garovi:
LG DoorCooling+ texnologiyasi tufayli sovuq havoning qo‘shimcha oqimi muzlatgichning tepa qismidan taraladi va kameraning ichki qismini, jumladan, eshik tokchalarini bir maromda, 32 foizga tezroq muzlatadi. Bu esa istalgan mahsulotlar va oziq-ovqatlar sofligi uzoqroq vaqtgacha saqlanadi, degani. Belgilangan parametrlarga muvofiqlikni masofaviy nazorat qilish uchun LG ThinQ aqlli ilovasidan foydalanamiz: smartfon ekranida muzlatgich kamerasi ichidagi harorat haqida muhim ma'lumot chiqadi, shuningdek, yangi rejim belgilash, ekspress-muzlatish rejimini aktivlashtirish yoki o‘chirish, diagnostika tizimini ishga tushirish imkoniyati ham bor.
Yangi modellarni xaridorlar LG onlayn do‘koni va yirik maishiy texnika hamda elektronika savdo markazlarida xarid qilishi mumkin. Yangilik bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Sayt: lgblog.uz
Instagram: @lguzbekistan
Reklama huquqi asosida