BAA elchisi Minerva City majmuasiga tashrif buyurdi va MJ Developers kompaniyasining loyihalarini yuqori baholadi

Jamiyat 16:00 / 14.07.2021 10004

“Minerva City loyihasi hamda uning – “shahar ichidagi shahar” konsepsiyasi menda yoqimli taassurot qoldirdi. Men ishonamanki, O‘zbekiston xalqi uchun bu Dubaydagi hayot tarzi bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat”. – Said Matar Al-Kemzi janobi oliylari.

Minerva City majmuasiga qilgan tashrifi davomida Said Matar Al-Kemzi janobi oliylari O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi hamkorlik borasidagi fikrlari, shuningdek Toshkentda, ko‘chmas mulk sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning, xususan Minerva City'ning ko‘lamlaridan bo‘lgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida Al-Kemzi janobi oliylari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar haqida so‘z olib bordi:

“O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar 1990-yillardayoq o‘rnatilgan edi. BAA O‘zbekiston uchun ishonchli hamkor bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar iqtisodiy o‘zaro ta'sir, turizm va qurilish sohasida jadallik bilan rivojlanmoqda. Muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilgan. Madaniy-ijtimoiy hamkorlik ham faollik bilan rivojlanib bormoqda”.

MJ Developers raisi, janob Murari Lal Jalanning loyihalari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishini qanday ta'minlayotganligi haqidagi savolga elchi, BAA hukumati va Toshkentdagi elchixona janob Jalanning O‘zbekistondagi barcha loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlarini aytdi va unga ishlarida omad tiladi.

Shu bilan birga, elchi janob Jalan haqida bir nechta so‘z qo‘shib gapirdi: “U BAAga ko‘chib kelib, qimmat bo‘lmagan ko‘chmas mulkning bir nechta loyihalarini amalga oshirganidan so‘ng MJ Developers kompaniyasini tashkil qildi. U BAA, Dubayning hurmatga sazovor rezidenti bo‘lib hisoblanadi. MDH hududida u O‘zbekistonga investitsiya qilish imkoniyatini topdi, chunki mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investorlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bugun uning kompaniyasi, MJ Developers, mamlakat bo‘ylab 4 ta yirik loyihani qurmoqda”.

O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlar, turli sohalarning ahamiyatga ega rivojlanishi va diversifikatsiyasi haqida:

“O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslangan.

Ushbu bosqich mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidagi yangi bosqich ekanligiga qat'iy ishonaman. Sizga ma'lum bo‘lganidek, janob Murari Lal Jalanning MJ Developers kompaniyasi BAA, Dubayda tashkil etilgan edi va endi O‘zbekistonda 4 ta yirik loyihaga investitsiya kiritdi – bu esa O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi investitsion munosabatlarning yaxshi namunasi bo‘lib hisoblanadi”.

Undan so‘ng Al-Kemzi janobi oliylari Minerva City loyihasi haqidagi o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Bu O‘zbekistonda qurilishga bo‘lgan butunlay yangi yondashuv. Qurilish ishlari, ekologik toza materiallardan foydalangan holda, jahon taraqqiyotining so‘nggi tendensiyalari va g‘arbiy standartlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyiha keng ko‘lamli – 100 ga (gektar) maydoniga ega bo‘lishiga qaramay, uning jadal sur'atlari katta taassurot qoldirmoqda.

Golf uchun xususiy maydon, rivojlangan infratuzilma, avtomobillardan erkin bo‘lgan hudud – bu majmua bemalol shaharning yangi markazi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Yangi hayot tarzining yaratilishi – bu ishning istiqboli porloq bo‘lib tuyulmoqda, umid qilamizki, yaqin orada buning guvohi bo‘lamiz”.

Suhbat yakunida elchi O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlarni strategik deb ta'rifladi hamda “O‘zbekiston iqtisodiyoti jadallik bilan rivojlanayotganini va ayniqsa so‘nggi yillar davomida hamkorlik o‘zaro foydali va samarali bo‘lganini” ta'kidlab o‘tdi.

Elchining so‘zlariga binoan, bizning mamlakatlarimiz umumiy g‘oyalar sari intilmoqda va birgalikda loyihalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda.

Telefon: 1145

Veb-sayt: minervacity.uz

Facebook: fb.com/minervacityuz

Instagram: instagram.com/minervacityuz/

Telegram: t.me/themjdevelopers

Telegram-bot: @mjdevelopers_bot

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: